• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Infozakon: O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi darajasi 2021 yildagi 21,5 foizdan 2023 yilda 13,7 foizgacha kamaydi

Infozakon: O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi darajasi 2021 yildagi 21,5 foizdan 2023 yilda 13,7 foizgacha kamaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 10:02
Qozog‘istonning ommabop "Infozakon" elektron nashrida "O‘zbekiston Respublikasida bolalar kambag‘alligini baholash" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ma’lum qilinganidek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi UNICEF bilan birgalikda O‘zbekistondagi bolalarning monetar kambag‘alligi darajasini baholadi.

Markaz ma’lumotida ta’kidlanishicha, tadqiqotda ijtimoiy himoya tizimining kambag‘allik darajasiga ta’siri tahlil qilindi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ijtimoiy nafaqalar bo‘lmasa, mamlakatda bolalar kambag‘alligi darajasi 1,6 baravar oshadi.

"Bolalarning kambag‘allik darajasi Statistika agentligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari byudjeti o‘rganish ma’lumotlari asosida hisoblab chiqilgan. 2021 yilda o‘tkazilgan so‘rovda 10 ming xonadon ishtirok etgan bo‘lsa, 2023 yilda mamlakat bo‘ylab 16 mingdan ortiq oila o‘rganildi. O‘zbekistonda uch yil ichida bolalar kambag‘alligi 7,8 foizga kamaydi. Natijalarga ko‘ra, bolalar kambag‘alligi darajasi 2021 yildagi 21,5 foizdan 2023 yilda 13,7 foizgacha kamaydi", – deyiladi maqolada.

Ta’kidlanishicha, kambag‘allikni kamaytirish tendensiyalari shahar va qishloq joylari o‘rtasida sezilarli darajada farq qiladi. Xususan, qishloq joylarda bolalarning kambag‘allik darajasi 24,6 foizdan 14,5 foizgacha, shaharlarda esa 18 foizdan 13 foizgacha kamaydi.

"Shunday qilib, O‘zbekiston barqaror rivojlanishning birinchi maqsadi – 2030 yilgacha kambag‘allikni barcha shakllarda bartaraf etishga sodiqligini namoyish etmoqda. Shu munosabat bilan, monetar bolalarining kambag‘alligini o‘lchash ushbu missiyani amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir", – deb yozgan "Infozakon".


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati