Rossiya “Tolibon”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarishga tayyorlanmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 17
- Формат: mp4
- Дата релиза: 02-04-2024, 09:58
“Tolibon” harakati 2003 yilda BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgach, Rossiyada ham shunday tashkilot deb tan olingan va uning faoliyati taqiqlangan edi. Ayni vaqtda Moskva ko‘p yillardan buyon toliblar bilan muloqotda bo‘lib keladi. Afg‘onistonda hokimiyat “Tolibon” nazorati ostiga o‘tgach, 2022 yil martida Rossiya ushbu mamlakat hukumatining birinchi diplomatini akkreditasiyadan o‘tkazgan edi.
Shuningdek, avvalroq Rossiya prezidentining maxsus vakili Kabulov Rossiyada toliblarning terrorchilar ro‘yxatidan chiqarilishi bu narsa BMT Xavfsizlik kengashi darajasida yuz berganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin bo‘lishini aytgandi.