• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • “O‘zaviasiya” agentligi va “O‘zaeronavigasiya” Markazi DUK vakillari uchun Parvoz sxemalarini loyixalash kurslari o‘tkazilmoqda

“O‘zaviasiya” agentligi va “O‘zaeronavigasiya” Markazi DUK vakillari uchun Parvoz sxemalarini loyixalash kurslari o‘tkazilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 09:54
Xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkiloti (IKAO)ning standartlari va tavsiyalariga rioya qilish maqsadlarida Hududiy navigasiya mezonlariga asosan uskunalar bo‘yicha parvozlar chizmalarini loyihalashtirish sohasida (PANS-OPS RNAV) “Hududiy navigasiya mezonlariga asosan uskunalar bo‘yicha parvozlar qoidalariga ko‘ra aerodromda havo kemalarini manyovrlar bajarish tartiblarini ishlab chiqish” kurslarida “O‘zaviasiya” agentligi va “O‘zaeronavigasiya” Markazi DUK vakillari uchun o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv kursi xalqaro darajadagi mutaxassis, Ozarbayjon Aeronavigasiya axborot markazi rahbari Aleksandr Estrov tomonidan “O‘zaeronavigasiya” Markazi DUK qoshidagi “O‘quv-mashg‘ulot majmuasi” negizida 2024-yilning 25-mart 9-aprel kunlari o‘tkaziladi.

O‘quv kursining ikkinchi bosqichi Boku shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib ushbu o‘quv kursining yakunida xalqaro darajadagi sertifikat berilishi ko‘zda tutilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati