Bunyodkor Rivaldo masalasini hal qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 05:54
FIFA fevral oyida "Bunyodkor" klubi va futbolchilar Rivaldo hamda Denilson o‘rtasidagi ancha yillik nizo bo‘yicha qaror qabul qilgandi.

Unga ko‘ra tashkilot "Bunyodkor"ning Rivaldoga 8,1 million yevro, Denilsonga 1,1 million yevro to‘lash bo‘yicha qaror chiqargandi. Shundan so‘ng toshkentliklar rahbariyati bu masala yuzasidan ish olib bordi.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Bunyodkor" klubi Rivaldo masalasini o‘zaro kelishgan holda hal qildi. Rivaldo 8,1 million yevro emas, balki undan kamroq summa olishga rozi bo‘lgan. "Bunyodkor" klubi bosh homiysi "O‘zbekneftgaz" Rivaldoga belgilangan summani kamaytirgan holda 3 yil bo‘lib to‘lab beradi.

Avvalroq, "Bunyodkor" bosh direktori Murod Aliyev matbuot anjumanida Rivaldo va Denilson masalasi bo‘yicha summani kamaytirish ustida ish olib borayotganini aytib o‘tgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati