Keyn Tuxelning ketishidan xafa

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 14:22
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Xarri Keyn Tomas Tuxelning mavsum yakunida myunxenliklar bosh murabbiyi lavozimini tark etishi haqidagi xabardan so‘ng hafsalasi pir bo‘ldi. Bu haqda nemis matbuoti 30 yoshli angliyalikning atrofidagilarga tayanib xabar bermoqda.

Avvalroq Tuxel yozda "Bavariya"ni tark etishi ma’lum bo‘lgandi. Nemis murabbiyi Keynning o‘tgan yozda "Tottenxem"dan "Bavariya"ga o‘tish qarorida katta rol o‘ynagan. Ko‘ngilsizliklarga qaramay, angliyalik forvard professionalligicha qolmoqda va bunday vaziyatlar futbol biznesining bir qismi ekanligini tushunadi.

Keyn joriy Bundesliganing eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Britaniyalik futbolchi Germaniya chempionatida 25 o‘yinda 30 ta gol urgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati