Afrika mamlakatlarida kuchli qurg‘oqchilik tufayli millionlab odamlar oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 14
- Формат: mp4
- Дата релиза: 02-04-2024, 05:36
Malavida 9 millionga yaqin odam, (ularning yarmi bolalar) yordamga muhtoj. Zambiyada ham 6 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda, deya xabar beradi nashr.
“Afsuski, ekstremal ob-havo sharoiti (iqlim o‘zgarishi va haroratning ko‘tarilishi) yaqin yillarda Sharqiy va Janubiy Afrikada odatiy holga aylanishi kutilmoqda”, deya UNICEFning mintaqaviy direktori Yeva Kadillining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Politico gazetasi.
Shuningdek, UNICEF Sharqiy va Janubiy Afrika ekstremal ob-havoning “o‘zaro inqirozi”ni boshdan kechirayotganini aytib, 2023 yilda Afrikaning janubiy mamlakatlariga ta’sir qilgan past havo harorati va kuchli suv toshqinlari ortidan mintaqa 2024 yilda issiqlik va qurg‘oqchilikka duch kelganini qo‘shimcha qildi, deb xabar beradi iz.ru.