Qo‘qon holvalari O‘monga eksport qilinmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 05:34
Qo‘qon shahrida pishirilgan holvalarning O‘monga eksporti yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Qo‘qon shahridagi "Avvali" holva ishlab chiqarish korxonasi rahbari Abdulatif Xolmatov va O‘monning "East coast Jewells LLC" kompaniyasi rahbari Yaser al-Nabhani o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda tayyorlangan holvalarni O‘mon bozoriga eksport qilish istiqbollari muhokama qilindi. E’tiborlisi, O‘mon tomoni o‘zbek holvalarini sotish olishga katta qiziqish bildirdi.

Muzokaralar natijasi o‘laroq, Qo‘qon holvapazlari tomonidan tayyorlangan shirinliklarning birinchi partiyasi O‘monga yetkazib berildi. Jumladan, 30 mart kuni salkam 150 kg. holva Maskatga keltirildi va shahardagi shirinliklar sotishga ixtisoslashgan savdo tarmoqlariga tarqatildi.

"Ta’mi va qadoqlarning did bilan bezatilgani nuqtai nazaridan ushbu mahsulotlar yuqori sifat darajasiga ega. Biz o‘zbek holvasi tez orada O‘monda xaridorgir mahsulotlar qatoridan o‘zining munosib o‘rnini egallashiga ishonamiz", dedi Yaser al-Nabhani.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati