«Barsa» tayanch yarim himoyaga 4 nafar futbolchidan birini olib kelmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 04:02
"Barselona" futbol klubi rahbariyati yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni istamoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklarning qiziqishlari ro‘yxatida 4 nafar futbolchi bor: Amadu Onana («Everton»), Alish Garsiya («Jirona»), Kefren Tyuram («Nissa») va Mats Viffer («Feyenoord»). Onana klubning birinchi tanlovi ekanligi aytilmoqda, ammo uning yuqori transfer narxi ehtimoliy transferni qiyinlashtirmoqda. Garsiya haqida shubhalar bor, chunki u tayanch yarim himoyachi emas.

“Barselona” 30 o‘yindan keyin 67 ochkoga ega. Xavi shogirdlari peshqadam “Real”dan 8 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati