Boks. Tim Szyuni mag‘lub etgan Fundora keyingi raqibi kim bo‘lishini aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 03:30
Birinchi o‘rta vazn (69,9 kg.gacha) toifasida WBO va WBC yo‘nalishlarining yangi chempioni Sebastyan Fundora (21-1-1, 13 KO) endigi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Amerikalik bo‘ydor bokschi kecha Las-Vegasda o‘tgan prof boks oqshomining markaziy jangida endilikda WBO kamarining sobiq sohibi, avstraliyalik Tim Szyuni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratib, raqibiga ilk mag‘lubiyatni taqdim etgandi. Fundora WBO kamari bilan birga vakant bo‘lib kelgan WBC chempionlik kamarini ham qo‘lga kiritdi.

"Errol Spens – ajoyib jangchi! U bilan jangimiz tashkil etilsa yomon bo‘lmasdi. Lekin Terens Krouford dunyoning eng zo‘ri. Men keyingi jangimni aynan unga qarshi o‘tkazishni xohlayman. Biroq, masalaning moliyaviy tomonini ham o‘ylashimiz kerak. Bu jihatdan Spensga imkoniyat bermasam, men tomondan ahmoqlik bo‘ladi. Boks — bu biznes! Errol 70 kg vaznda o‘zini yaxshi his qiladi. U bilan jangimiz ko‘p rekordlarni yangilashi mumkin", — dedi Fundora.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati