«Atletiko» safardagi uzoq kutilgan g‘alabani qo‘lga kiritdi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 02-04-2024, 03:00
Diyego Simeone shogirdlari La Liganing 30-turi doirasidagi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda Saul Nigesning goli evaziga “Vilyarreal”ni mag‘lub etib, uch ochkoni tortib oldi (2:1). “Matraschilar” uchun bu barcha turnirlarda yanvar oyidan beri ("Granada" bilan 1:0) mehmonda g‘alaba qozongan ilk uchrashuvdir. Shunday qilib, Opta ma’lumotlariga ko‘ra, madridliklar 2019 yildan beri safardagi eng uzoq davom etgan g‘alabasiz seriyasini tugatdi - oltita o‘yin (ikki durang va to‘rtta mag‘lubiyat).
"Atletiko" ayni damda 58 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. 10 aprel kuni madridliklar Chempionlar ligasi 1/4 finali ilk uchrashuvida Dortmundning “Borussiya” klubini qabul qiladi.