«Yuventus» Bremer o‘rniga uch nafar nomzod tayyorlab qo‘ygan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 02-04-2024, 00:22
"Yuventus" Gleyson Bremer o‘rniga uchta nomzodni ko‘rib chiqmoqda.

Calciomercato xabariga ko‘ra, turinliklar himoyachining ketish ehtimoli ancha yuqori ekanligini tushunishadi. Agar "MYU" jamoasi 60-70 million yevro taklif qilsa, braziliyalik futbolchi sotilishi mumkin.

Turinliklar "Milan" da’vogarlik qilayotgan "Volfsburg"dan Maksens Lakrua uchun kurashga qo‘shildi.

Yana bir variant - "Sporting"dan Usmon Diomande. Unga Premyer-liga jamoalaridan qiziqish bo‘lgani uchun uni sotib olish qiyin bo‘ladi. Ivuarlik futbolchi 40 million yevroga tushadi.

"Yuventus" shuningdek, "Atletiko"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin bo‘lgan Mario Ermosoga ham qiziqmoqda. Transfer borasida bir qancha muhim qadamlar allaqachon qo‘yilgan. Biroq, "Inter" ham ispaniyalikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati