Ukraina targ‘ibotchi Margarita Simonyanni sirtdan genosidda aybladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 23:50
Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) rossiyalik targ‘ibotchi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan yangi jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchiga aylangani haqida xabar berdi.

«Ayblanuvchining hujjatlashtirilgan yangi jinoyatlari orasida 2023 yil dekabrida ukrainalik bolalarning ommaviy qotilligiga ochiq chaqiriqlar ham bor. Bundan tashqari, rossiyalik targ‘ibotchi Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga raketa va bombali hujumlarni davom ettirish uchun bir necha bor kampaniya olib borgan», deyiladi UXX bayonotida.

Departamentning qo‘shimcha qilishicha, Simonyan ijtimoiy tarmoqlarda va Rossiya televideniyesida, jumladan, targ‘ibotchi Vladimir Solovyovning dasturida chiqish orqali «Kreml uydirmalarini muntazam ravishda tarqatgan».

Ukraina razvedka xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Simonyan «Genosid», «Ukraina hududiy yaxlitligiga tajovuz», «Urush targ‘iboti» va «Rossiyaning Ukrainaga qarshi qurolli tajovuzini oqlash» moddalari bo‘yicha ayblanmoqda. Simonyan hozir Rossiyada istiqomat qilyapti va unga ayblov sirtdan qo‘yilgan. UXX uni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rayotganini ta’kidladi.

Margarita Simonyan ushbu ayblovlarga hozircha izoh bermadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati