AQSh dunyoda birinchi bo‘lib «shovqinsiz» suvosti kemasini ishlab chiqardi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 23:34
AQSh yadroviy suvosti kemasiga innovasion magnit gidrodinamik uzatmani (MGU) o‘rnatdi, bu unga «butunlay shovqinsiz» harakat qilish imkoniyatini beradi.

Naval News nashrining xabar berishicha, AQSh harbiy-dengiz kuchlari Virginia toifasidagi USS Montana suvosti kemasini modernizasiya qilib, an’anaviy eshkak vintni ish paytida hech qanday tovush chiqarmaydigan magnit gidrodinamik uzatmaga almashtirgan.

USS Montana Men shtatidagi Penobskot daryosida sinovdan o‘tkaziladi. Bu tasodifan emas: yopiq suv havzasi boshqa mamlakatlarga sinov jarayonini kuzatish imkoniyatini bermaydi.

Mudofaa bo‘yicha ilg‘or tadqiqot loyihalari agentligi (DARPA) tomonidan suvosti kemalari uchun ovozsiz dvigatel yaratilishi o‘tgan yili ma’lum bo‘lgan edi.

MGU ishlash prinsipi supero‘tkazuvchi magnitlardan foydalanishga asoslangan bo‘lib, ular suvni bir yo‘nalishda harakatga keltiradigan magnit maydon hosil qiladi va shu bilan tortish kuchini yaratadi.

Amalda, bu shuni anglatadiki, bunday suvosti kemasini payqash juda qiyin va ba’zi hollarda deyarli imkonsiz bo‘ladi. Texnologiyaning kamchiliklari orasida boshqa an’anaviy kemalarga nisbatan tortish kuchining past ekanini sanash mumkin.
Virginia — AQSh uchun to‘rtinchi (bugungi kun uchun oxirgi) avlodning so‘nggi ko‘p maqsadli yadro suvosti kemasi turi hisoblanadi.
Suvosti kemasiga 12 ta vertikal uchirgichdan uchiriladigan Tomagavk raketalari o‘rnatilgan. Unda torpedo va mina qurollari ham bor. Bugungi kunga qadar Virginia toifasidagi 24 ta suvosti kemasi qurilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati