Islom Mamatkazin: Do‘stlarim gol ursang biz tomonga qarab yugurgin deyishgandi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 21
- Формат: mp4
- Дата релиза: 01-04-2024, 23:22
- Dastlab “Nasaf”ga qarshi o‘yin haqida so‘ramoqchiman. Qanday taassurot qoldi?
- “Nasaf” bilan uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Maydonga faqat g‘alaba uchun tushgandik. Ammo durang natija bo‘ldi.
- Raqib darvozasini ishg‘ol qilgan paytingizda boshqacha xissiyotlar olamiga tushib qolganingizni ko‘rdim. O‘sha holatni qanday tasvirlaysiz?
- To‘g‘ri, boshqacha hissiyot bo‘ldi. Do‘stlarimni o‘yinga taklif qilgandim. Ular gol ursang biz tomonga qarab yugurgin deyishgandi. Qandaydir noodatiy hissiyotlar qamrab oldi. Do‘stlarim tomonga qarab yugurdim va ularga qarab golni nishonladim.
- Rosti, bu o‘yinda gol urish haqida o‘ylaganmidingiz?
- Ha, albatta.
- 4 ta uchrashuvda himoyachi bo‘lsangizda 2 ta gol urishni uddaladingiz. Bu nimadan dalolat?
- Standart vaziyatlarda barchamiz o‘z o‘rnimizda to‘g‘ri ishni bajarayotganimizdan dalolat. Ko‘proq standartlarga e’tibor qarayotganimiz bois bundan unumli foydalanishga harakat qilyapmiz.
- "Bobur Arena"dagi muhit haqida hamma gapiryapti. Siz qanday ta’rif berasiz?