Mourinyo haydalganidan beri Roma 10 ta o‘yinning 7 tasida g‘alaba qozondi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 23:06
Joze Mourinyo iste’foga chiqarilganidan beri "Roma" A Seriya o‘yinlarining 70 foizida g‘alaba qozondi.

Daniele De Rossi shogirdlari bugun 30 turda "Lechche" bilan durang o‘ynadi - 0:0.

Yangi murabbiy qo‘l ostida rimliklar Italiya chempionatida 10 ta o‘yin o‘tkazishdi. Ularning 7 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana ikkitasida durang qayd etilgan. Yagona mag‘lubiyat peshqadam "Inter"dan bo‘ldi.

Keyingi turda "Roma"ni derbi kutib turibdi. "Lasio" bilan o‘yin 6 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati