Rossiyada avtobus va poyezd to‘qnashdi, 8 kishi halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 22:54
Rossiyaning Yaroslavl viloyati Berendeevo qishlog‘ida avtobus va tezyurar poyezd to‘qnashib ketdi, deb xabar beradi TASS axborot agentligi.

“Hodisa Berendeevo qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Reys avtobusi va tezyurar poyezd to‘qnashib ketdi”, – dedi agentlik suhbatdoshi.

Hodisa oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, dedi Pereslavl-Zalesskiy rahbari Dmitriy Zyabliskiy. Avvalroq favqulodda xizmatlar besh kishi halok bo‘lgani va ikki kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.

Hozirda voqea joyida polisiya xodimlari, shifokorlar va tez yordam mutaxassislari ishlamoqda. Voqea sabablari va sharoitlari aniqlanmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati