Neymar: Santosda o‘ynashni sog‘indim

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 22:06
"Al-Hilol" hujumchisi Neymar Paulista ligasi finalining "Santos" va "Palmeyras" o‘rtasidagi birinchi o‘yiniga tashrif buyurdi.

O‘yin oldidan braziliyalik futbolchi “Estadio Urbano Kaldeyra” stadioniga Pele ismli oq va tilla rangli futbolka kiyib, olqishlar ostida kirib keldi.

"Meni uyimda kutib olishganidan juda xursandman. Bu haqiqatan ham yaxshi.

Men bu stadionda o‘ynashni va bu muhitni his qilishni sog‘indim" - dedi Neymar Globo Esporte nashriga.

Braziliya OAVlari bu izohni 32 yoshli Neymarning vatani - "Santos"ga qaytishiga ishora sifatida qabul qilishmoqda.

Joriy mavsumda Neymar 5 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati