Bavariya Nagelsmann bilan muzokara o‘tkazdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 22:00
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanning "Bavariya"ga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg.

Manba bergan xabarga ko‘ra, myunxenliklar sport direktori Maks Eberl mutaxassis bilan telefon orqali muzokara o‘tkazgan. Qayd etilishicha, barcha klub rahbariyati ham bu nomzodni ma’qullamaydi.

Avvalroq "Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2023/24 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qilgan edi.

Nagelsmann Myunxen klubini 2021 yilning iyulidan 2023 yilning martigacha boshqargan.

Germaniya chempionatining 27-turidan so‘ng “Bavariya” 60 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam “Bayer” bilan oradagi farq 13 ochko.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati