Norvegiyalik shifokor: Al-Shifa kasalxonasi «o‘lim uyi»ga aylandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 21:46
AQSh va Isroilning harakatlari natijasida G‘azo sektoridagi Al-Shifa kasalxonasi «shifo uyi»dan «o‘lim uyi»ga aylantirildi. Bu haqda tibbiyot muassasasida 16 yil ishlagan norvegiyalik shifokor Mads Gilbert aytdi.

«Bugun biz Isroil tomonidan G‘azo sektoridagi 700 o‘rinli asosiy ixtisoslashtirilgan shifoxona – Al-Shifa tibbiyot majmuasi butunlay vayron qilinganiga guvoh bo‘lmoqdamiz», — deb yozdi u o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida.

Shifokorning eslatishicha, shifoxona Britaniya mandati davrida tashkil etilgan. “Ash-Shifa nomi «Shifo uyi» degan ma’noni anglatadi, ammo Isroil va AQSh uni «O‘lim uyi»ga aylantirgan. Ular uni yoqib yuborishdi, butunlay vayron qilishdi va bemorlar, tibbiyot xodimlari, qarindoshlari va qochqinlar uchun qabristonga aylantirishdi”, — dedi norvegiyalik.

Gilbertning ta’kidlashicha, Al-Shifa atrofida sodir bo‘layotgan voqealar «Isroilning Falastin xalqi va uning jamoat institutlarini yo‘q qilish maqsadini ko‘zlayotgan, mustamlakachi bosqinchilikning yuraksiz, beadab siyosati ramzidir».

Norvegiyalik shifokor AQSH, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya hukumatlarini Isroilning «harbiy jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarini» qo‘llab-quvvatlayotgani uchun tanqid qildi.

«Ash-Shifaning qotillik maydonlariga diqqat bilan qarang, G‘azodagi genosidni, uning ijrochilari va sheriklarini hech qachon unutmang!», deb yozgan Gilbert.
Avvalroq Isroil armiyasi ikki haftalik qamal va shiddatli hujumlardan so‘ng butunlay yaroqsiz bo‘lib qolgan G‘azo sektori blokadadagi eng yirik tibbiyot majmuasi Al-Shifa kasalxonasidan qo‘shinlar olib chiqib ketilganini tasdiqlagan edi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati