Barsa sardorining kelajagi Xaviga bog‘liq

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 21:10
Taniqli insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Barsa" allaqachon Markos Alonso bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Himoyachining "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi tugaydi va yozda u erkin agentga aylanadi. Mehnat shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladigan Serxi Robertoga to‘xtalsak, u ham klubni tark etishi mumkin.

Romano Robertoning kelajagi jamoa bosh murabbiyi Xavining kelajagiga bog‘liqligini ta’kidladi.

Yanvar oyida Xavi mavsum oxirida "Barselona"ni tark etish qarorini e’lon qilgan edi.

Mish-mishlarga ko‘ra, klub prezidenti Joan Laporta mutaxassisni qolishga ko‘ndirishga harakat qiladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati