Klopp: Biz yana ikki jamoa bilan birga ingliz futbolidagi eng katta sovrin uchun kurashyapmiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 20:32
Angliya premyer-ligasida chempionlik uchun kurash uch jamoa – “Liverpul” (67 ochko), “Arsenal” (65 ochko) va “Manchester Siti” (64 ochko) o‘rtasida qizg‘in ketmoqda.

Mersisaydliklar jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp chempionlik uchun kurash haqida fikr bildirdi.

"Biz buni yengishimiz kerak. Bu juda og‘ir va asabiylashtiradigan masaladir. Yurak urishimiz vaqti-vaqti bilan 180 yoki 200 atrofida bo‘ldadi.

Ammo bundan zavq olsak, bizda imkoniyat bo‘ladi. Aks holda biz uchun qiyinroq bo‘ladi, shuning uchun biz ijobiy munosabatni saqlashga harakat qilamiz.

Biz yana ikki jamoa bilan birga ingliz futbolidagi eng katta sovrin uchun kurashyapmiz. Keling, hammasi qanday tugashini ko‘rib chiqaylik. Men bundan zavqlanish uchun juda ko‘p harakat qilaman", dedi Klopp jurnalistlarga.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati