Standartlashtirish faoliyati takomillashtiriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 20:10
Unga muvofiq:

Milliy standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, bekor qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

Standartlarning yagona axborot bazasini shakllantirish, yuritish va tarqatish faoliyatini tashkil etish;

Standartlashtirish rejasini shakllantirish;

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shuningdek, veterinariya, karantin va sanitariya sohalari mutaxassislarining malakasini oshirish hamda ularni attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda:
milliy standartlarga qo‘yiladigan talablar, milliy standartlarning tuzilishi, milliy standartlarni ishlab chiqish va kelishish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi;
Standartlar yagona axborot bazasining tarkibi, axborot bazasini to‘ldirish va yuritish, axborot bazasidagi standartlarni tarqatish, standartlashtirish rejasini shakllantirish, moliyalashtirish tartibi;
mutaxassislar malakasini oshirish, attestasiyadan o‘tkazish, talabgorlarning hujjatlarini ko‘rib chiqish, malaka oshirganlik va attestasiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi yagona reestrni yuritish tartibi belgilab berilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati