Dzyudo: Antaliyadagi bahslar o‘z yakuniga yetdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 20:04
19 nafar dzyudochi bilan mazkur turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi yakunda bitta bronza medali bilan kifoyalandi.

-73 kilogrammda yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahram Ahadov Parij-2024 Olimpiadasining reyting ochkosi bilan birga bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Yarim final ostonasigacha yetib borgan terma jamoamiz a’zolaridan Sita Qadamboyeva, Davlat Bobonov va Shohruhxon Baxtiyorov 5-o‘rinni, Dilshodbek Baratov 7-o‘rinni egalladi.

Uch kunlik bahslar sarhisobiga ko‘ra, Yaponiya terma jamoasi 5 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umum jamoada 1-o‘rinni, 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Fransiya vakillari keyingi pog‘onani, 1 ta oltin va 2 ta bronza medaliga egalik qilgan kanadaliklar 3-o‘rinni band etgan bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasi 93 davlat orasida 18-o‘rindan joy oldi.

Endi dunyo dzyudosining yetakchilari joriy yilning 3-5 may kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tkaziladigan nufuzli turnirda Parij-2024 Olimpiadasi reyting ochkolari qatorida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati