Mirzoyan: AQSh va Yevropa Armanistonning asosiy sherigi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 20:00
– Bizda demokratiya, mamlakat demokratiya institutini mustahkamlash niyatida, – dedi u. – Masalan, AQSh va Yevropa Ittifoqini asosiy hamkor sifatida bilamiz. Hozir Bryussel va Vashington bilan iqtisodiy, siyosiy munosabatni chuqurlashtiryapmiz.

So‘nggi payt Armaniston sobiq ittifoq makonida faoliyat olib borayotgan tashkilotlardagi ishtirokini qisqartirmoqda. Masalan, o‘tgan yil oktyabrda Bosh vazir Nikol Pashinyan Bishkekda bo‘lib o‘tgan YEOII va MDH hukumatlararo kengashiga bormadi, keyin MDH sammitida ham ko‘rinmadi. Noyabr oyida u Minskda bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bundan tashqari fevral o‘rtalarida Pashinyan ushbu birlashmaga a’zolik to‘xtatilganini ma’lum qildi. Uning fikricha, Kollektiv xavfsizlik haqidagi shartnoma 2021-2022 yillarda Armanistonga nisbatan vazifasini bajarmagan. Mart oyida esa siyosatchi, agar tashkilot mamlakatning suveren hududi bilan bog‘liq Yerevan ko‘targan masalaga javob bermasa, respublika mazkur tashkilotdan chiqishi mumkinligi haqida ham bayonot berdi.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati