Parij Olimpiadasi xavfsizligi choralari ko‘rilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 19:58
– 180 ming kishini tekshirdik, 800 shaxs o‘yinlarni tashkil qilishda ishtirok etmaydi, ularning 15 nafari milliy xavfsizlikka tahdid soladi, – dedi mulozim LCI telekanali efirida chiqish qilib. – Stadionlar, fan-hududlarda ishlaydigan xususiy qo‘riqlash kompaniyalarining 200 ming xodimini tekshirish natijasida 102 kishini jalb qilmaslik qaroriga keldik.

Ta’kidlanishicha, hukumat hali o‘yinlarni tashkil etishda ishtirok etmoqchi bo‘lgan 800 000 kishini tekshiradi. Avvalroq “Europe-1” radiosi Fransiyada terror tahdidi kuchayishi asnosida maxsus xizmat Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimi tartibini o‘zgartirishni tavsiya qilgani haqida xabar tarqatgan edi.

Parijda Olimpiada 2024 yil 26 iyuldan 11 avgustgacha, Paralimpiada esa 28 avgustdan 8 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati