O‘zbekiston U-23 Xitoyga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Yig‘inga 26 futbolchi taklif etildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 19:52
Timur Kapadze boshqaruvidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 2 apreldan Toshkentda mashg‘ulotlarga kirishadi. Rejaga muvofiq, yig‘inning ikkinchi qismi 6 aprel sanasidan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiriladi. Terma jamoamiz nazorat uchrashuvi doirasida 10 aprel kuni Xitoyga qarshi maydonga tushadi. Ma’lumot uchun, dastlabki yig‘inga asosan mahalliy klublarda to‘p suruvchi 26 nafa futbolchi jalb etildi. Ayni paytda legionerlarimiz klublari bilan muzokaralar davom etmoqda va yakuniy ro‘yxat O‘FA rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati