Brayton bosh murabbiyi: Menga omad kulib boqdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 19:48
"Brayton" bosh murabbiyi Roberto De Zerbi kelajagi haqida fikr bildirdi.

Italiyalik murabbiyga "Liverpul" va "Bavariya" klublari qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

"Menga omad kulib boqdi, chunki menda aniq fikr bor va hayotimda doim nima qilishimni o‘zim hal qilaman.

Men Touni ("Brayton" egasi) bilan gaplashaman va birgalikda muammosiz yechim topa olamiz. Lekin men kelajagimni va nimani xohlayotganimni bilaman.

Men raqobatlashmoqchiman va ambisiyalarimni baland tutmoqchiman, chunki mening hayotim futbol. Men har kuni ertalab baxtli uyg‘onishni va maksimal natijaga erishish uchun kurashishni xohlayman", - deya De Zerbining so‘zlarini keltiradi Goal.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati