Shavkat Mirziyoyev XXR delegasiyasini qabul qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 19:12

Prezident joriy yilning yanvar oyida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvdagi kelishuvlar doirasida mamlakatimizga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, jamoat xavfsizligi vaziri Van Syaoxun boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuvda xavfsizlikka nisbatan zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashishda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ustuvor yo‘nalishlar sifatida jamoat xavfsizligining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, zamonaviy axborot texnologiyalari va innovasion usullarni joriy qilish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, malakali mutaxassislarni tayyorlash va boshqalar ko‘rsatib o‘tildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati