Son: O‘yindan oldin Jonsonga o‘yinni o‘zgartirishi mumkinligini aytdim

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 18:58
"Tottenxem" sardori va hujumchisi Son Xyon Min yarim himoyachi Brennan Jonsonning "Luton"ga qarshi o‘yini haqida fikr bildirdi. Uelslik futbolchi zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng golli uzatmani amalga oshirdi va “shporlar”ning 2:1 hisobida irodali g‘alabasiga yordam berdi.

“Brennan ajoyib edi. U o‘z ishiga juda jiddiy yondashadi. Ba’zida o‘yinni asosiy tarkibda boshlamasangiz, bu juda qiyin. Agar kimdir maydonga yangi oyoqlari bilan tushsa, o‘yin o‘zgarishini ko‘p marta aytganmiz. Brennan shanba kuni shunday qildi. O‘yindan oldin unga aytdim. Siz o‘yinni o‘zgartirasiz. Shunchaki yaxshi tayyorgarlik ko‘rganingizga ishonch hosil qiling", - deya Sonning so‘zlarini keltirgan jurnalist Den Kilpatrik.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati