Pioli: Inter bilan 14 ochkolik farq haqiqatni aks ettirmaydi deb o‘ylayman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 18:24
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriya turnir jadvalida "Inter"dan 14 ochkolik farqni adolatsiz deb hisoblaydi.

"Inter" bilan 14 ochkolik farq haqiqatni aks ettirmaydi deb o‘ylayman. Biz raqiblarimizdan unchalik yomon emasmiz. Farqi shundaki, noyabr va dekabr oylarida “Inter” doimiy ravishda ochko to‘pladi, biz esa ko‘p xatoga yo‘l qo‘ydik. Biz “Lechche”, “Napoli”, “Udineze” va “Yuventus”ni mag‘lub eta olmadik”, dedi Pioli matbuot anjumanida.

"Inter" hozirda A Seriya chempionligi uchun kurashda "Milan"dan 11 ochko oldinda, ammo Simone Indzagi shogirdlari bugun "Empoli"ni mag‘lub etsa, peshqadamlik yana 14 ochkoga ko‘tariladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati