Urug‘lik chigitning ilk partiyasi yerga qadaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 17:14
Joriy yil hosili uchun Andijon viloyatida 7051 gektar maydonga xorijiy navlar ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu maydonga jami 163 tonna urug‘lik chigitni markazlashgan holda “I-AGRO BEREKE” HC MCHJ tomonidan Xitoyning Xinjiang Huimun Seed Co., Ltd kompaniyasidan urug‘lik chigitning XinLuZhong52 navidan olib kelish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Binobarin, Izboskan tumanida joylashgan “Sohibi omad baraka MCHJ” klasteri, “I-AGRO BEREKE” XK MCHJ tomonidan xorijdan keltirilgan urug‘lik chigitning “XinLuZhong52” navidan plyonka ostiga ekish ishlarni davom etmoqda.

Ahamiyatli jihati shundaki, mamlakatimizda ilk bor xorijiy mamlakatdan chigit olib kelish va uni yerga qadash jarayonlari amalga oshirilmoqda. Bu esa paxtachilikda ulkan yutuqlarga erishishdagi navbatdagi qadam hisoblanadi.

O‘z navbatida, xorijdan keltirilgan navlar ekiladigan maydonlarni konturlar kesimida ekish, urug‘lik ekilgan maydonlarni 1 km radiusda muhofaza qilinib, karantin hududi tashkil etish, g‘o‘za parvarishi uchun xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalari ishlab chiqish, vegetasiya davrida alohida nazoratga olish va yetishtirishda ularning aprobasiyasini to‘g‘ri va o‘z muddatida o‘tkazish, urug‘liklarni xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiqligi doimiy monitoring qilish belgilangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati