Respublikamizning barcha hududlari 228,1 tonna chiqindidan tozalandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 17:12
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan respublikamizning barcha hududlarida 30-mart — “Xalqaro chiqindisiz dunyo uchun” (World Zero Waste Day) kuni munosabati bilan ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etildi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan respublikamizning barcha hududlarida 30-mart — “Xalqaro chiqindisiz dunyo uchun” (World Zero Waste Day) kuni munosabati bilan ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etildi.

Xususan, Toshkent viloyatidagi Toshkent dengizi hududida Ekologiya vazirligi hamda uning huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank” hamkorligida plogging o‘tkazildi. Unda unda vazirlik hamda tizim tashkilotlari xodimlari, ekofaollar, yoshlar va jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishdi.

“Atrof-muhitni chiqindilardan tozalash har doim, har qaysi faslda ham dolzarb vazifalardan biri hisoblangan. Chunki chiqindilarni zararsizlantirish, ularni qayta ishlash, ya’ni chiqindini foydali xomashyoga aylantirish ekologiyani toza saqlashda muhim hisoblanadi, — dedi Ekologiya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Zarrina Abdullayeva. — “Chiqindisiz dunyo uchun!” plogging eko-aksiyasini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — keng jamoatchilikning chiqindilarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish va bu orqali chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish, ularni saralash tizimini yo‘lga qo‘yish va qayta ishlash bo‘yicha ekologik madaniyatni oshirish, barqaror iste’mol va ishlab chiqarish modellarini targ‘ib qilish, chiqindilarni aylanma iqtisodiyotning muhim bo‘lagi sifatida qo‘llab-quvvatlashdan iborat”.

Plogging davomida 7 ta jamoa o‘zaro bellashdi, ya’ni hududni turli chiqindilardan tozalashdi. Tadbir mobaynida jami 1,5 tonna chiqindi yig‘ildi. Plogging yakunida g‘oliblar va aksiyada faol qatnashgan ishtirokchilar taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, Respublika miqyosida aksiyada 8 ming nafardan ortiq ishtirokchi faol qatnashib, hududlar 228,1 tonna chiqindidan tozalandi.
Shuningdek, aksiya yakunida dengiz sohili hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish tadbiri tashkil etilib, soha mas’ullari, keng jamoatchilik vakillari, talabalar va yosh ekofaollar ishtirokida 50 tup manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati