“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining hududiy saralash bosqichi yakunlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 17:08
“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining hududiy saralash bosqichi yakuniy bellashuvlari Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. Dastlabki kun bellashuvlarida Qarshi davlat universiteti, Xalqaro innovasion universiteti, Qarshi irrigasiya va agrotexnologiyalar instituti hamda Shahrisabz davlat pedagogika instituti jamoalari ishtirok etishdi. Tanlov yakunida Qarshi davlat universitetining “Qaqnus” jamoasi g‘olib deb topildi hamda tanlovning mintaqaviy bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek 29 mart kuni Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Qarshi filiali, Iqtisodiyot va pedagogika universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tanlovning hududiy bosqichida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jamoasi g‘alaba qozondi hamda keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati