Davlat mulkini ijaraga berish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 17:02
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining yig‘ilishida “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Keyingi yillarda davlat mulkini tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa shaxslarga ijaraga berishda qonuniylikni ta’minlash yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lekin shunday bo‘lsada, amalda davlat mulkidan samarali foydalanilmaslik, uni ijaraga berish tartiblari buzilishi bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatlari soni ortib bormoqda.

Mazkur qonun loyihasi bilan davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Xususan, davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga oluvchiga ijaraga berilgan davlat mulkini qabul qilib olishi, uning hududiga kirishi va foydalanishiga asossiz ravishda to‘sqinlik qilish yoki ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va sonini kamaytirib ko‘rsatgan holda ijaraga berish mansabdor shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Munozaralar davomida so‘z olgan fraksiya a’zosi Abdug‘ani Umirov qonun loyihasining ahamiyatiga alohida to‘xtalib, uni ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida muayyan ishlar qilinganini, deputatlar tomonidan berilgan ko‘plab takliflar chuqur tahlil etilib, loyiha matnida o‘z aksini topganligini e’tirof etdi.

Uning aytishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi davlat mulkidan samarali foydalanilishni ta’minlashga, ijaraga oluvchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishiga xizmat qiladi.

Qizg‘in bahs-munozaralar, savol-javoblardan so‘ng, deputatlar tomonidan partiya pozisiyasidan kelib chiqadigan fraksiya munosabati bildirildi va qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlandi.
Yig‘ilishda “Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi samarali tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida bo‘ldi.
Muhokamalar davomida deputat Muhammadjon Valiyev bugungi kunda ko‘plab xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgani, shu bilan birga lisenziyasiz o‘z faoliyatini boshlab yuborganlari borligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, deputat ertaga faoliyatini boshlagan xususiy oliy ta’lim muassasasi lisenziya ololmasa, unda ta’lim olayotgan talabalar taqdiri nima bo‘lishi qayd etib, qonun loyihasida ushbu masala bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutilganligi bilan qiziqdi.
Qonun tashabbuskorlari ko‘tarilgan savollar bo‘yicha atroflicha javoblar berib, loyihaning qabul qilinishi bilan ta’lim tashkilotlarini boshqaruvchi institusional tuzilmalar vakolatlari aniq belgilanishini, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish, ta’lim sifatini monitoring qilish va ta’minlash bo‘yicha huquqiy mexanizmlar yanada mustahkamlanishini qad etib o‘tdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati