Falaj bemorlar fikrlarini matnga aylantiruvchi implant yaratildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 13
- Формат: mp4
- Дата релиза: 01-04-2024, 16:54
Ushbu neyrodekoder yonlama amiotrofik skleroz kasalligiga chalingan bemorlarning bosh miya po‘stlog‘iga o‘rnatiladi. Shundan so‘ng innovasion sensorlar yordamida inson fikrlari monitorda matn formatida namoyon bo‘ladi.
Mazkur nanotexnologiyaning fikrni dekodlash samaradorligi va aniqligi 94 foizga teng. Bu esa mazkur toifadagi bemorlarga bir daqiqa ichida 62 so‘zni ifodalash imkonini beradi.
‼️ Garchi yangi tizim hozircha kundalik foydalanish uchun to‘liq tayyor bo‘lmasa-da, u falaj insonlar bilan muloqot qilish bobida katta muvaffaqiyat sifatida e’tirof etilmoqda.