Samarqandda APTFF forumi boshlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 16:52
Bugun, 1 aprel kuni, Samarqand shahrida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida savdoni soddalashtirish masalalariga bag‘ishlangan 11-forum (APTFF) o‘z ishini boshladi.

Forum dasturida o‘zaro savdoni osonlashtirish va raqamlashtirish, savdo jarayonini ekologiya jihatidan yaxshilash masalalari bo‘yicha guruh muhokamalari va sessiyalar rejalashtirilgan.

Spikerlar savdo, transport, logistika, raqamlashtirish, elektron ma’lumot almashuv boshqa yangi biznes mexanizmlari ishlab chiqish orqali savdo tartib-taomillarini soddalashtirish haqida nutq so‘zlaydi. Eng samarali chora-tadbirlar qatorida chegara hududlarida zamonaviy savdo-logistika markazlari, soddalashtirilgan bojxona yo‘laklari va maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati