“Tashabbusli byudjet”: Ovozlar sonini sun’iy oshirish holatlari tekshirilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 16:48
“Tashabbusli byudjet”ning 2024 yilgi 1-mavsumida berilgan ovozlar soni 31 mart kuni 11 milliondan oshdi. Ovoz berish jarayoni 4 aprel soat 23:59 gacha davom etadi, lekin ovozlarning yakuniy miqdorida aytarli o‘zgarish kutilmayapti – oxirgi kunlarga kelib, kunlik qo‘shilayotgan yangi ovozlar soni 100 mingtadan kamaygan.

G‘olib chiqqan tashabbuslarni moliyalashtirish uchun tuman (shahar) byudjetlari hisobidan jami 3,02 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Loyiha fuqarolarga o‘z hududidagi muammolarni o‘zlari uyushgan holda hal etish va mahalliy byudjet mablag‘lari taqsimotida bevosita ishtirok etish imkonini bergani bilan e’tirofga sazovor.

Bu yil jarayon tashkilotchisi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi sim-karta sotib olgan holda ovoz to‘plash holatlariga barham berish uchun “Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyilini joriy etdi. Ya’ni bir fuqaroning nomida nechta sim-karta bo‘lishidan qat’i nazar, uning faqat birinchi bergan ovozi hisobga olinishi belgilandi.

Shunday bo‘lsa-da, Kun.uz`ga kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, ayrim hududlarda ovoz to‘plashda qing‘irlik yo‘llaridan foydalanilgan bo‘lishi mumkin.

Xususan, Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Chorgo‘sha” MFYga tegishli tashabbusga (elektr tarmoqlarini yangilash) e’tibor qaratsak. Bu yerda oxirgi uchta raqami 963 bilan tugaydigan mobil raqam yoki raqamlardan ketma-ket juda ko‘p marotaba ovoz berilgan.
Paxtachi tumani “Go‘ro‘g‘li” MFYga tegishli loyihaga (oilaviy shifokorlik punktini kapital ta’mirlash) ham oxiri 113 va 956 bo‘lgan telefon raqamlardan ko‘p marta ovoz yuborilgan.
Kun.uz bilan suhbatlashgan murojaatchilardan birining aytishicha, bu – xalq orasida “vozdux” qilish yoki “nakrutka” deb ataladigan usulning ish berayotgani bilan bog‘liq.
Natijada ayrim loyihalarda kechqurun 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo‘lgan paytda ham minglab ovozlar qo‘shilganini kuzatish mumkin.
Kun.uz muxbiri bilan gaplashgan ovoz to‘plab beruvchi “haker”lardan birining so‘zlariga ko‘ra, ovoz berish boshlangan paytda 1000 ta ovoz 25-30 mln so‘mga baholangan, keyinroq narx-navo ikki barobargacha ko‘tarilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati