Adidas Germaniya libosidagi 44 raqamni taqiqlaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 16:46
Futbol bo‘yicha Germaniya terma jamoasining texnik homiysi Adidas 44-raqamli futbolka chiqarmaydi, bunga sabab ushbu son nasizm ramziga o‘xshashligidir, deb yozadi Sport Bild.

Ta’kidlanishicha, o‘yin formalaridagi yangi shrift tufayli 44 raqami o‘tgan asrning 30-40-yillarida SS timsoli bo‘lib xizmat qilgan sivastikaga o‘xshab ketadi.

Turnir qoidalariga ko‘ra futbolchilar baribir bu raqamni tanlay olmagan bo‘lardi, biroq muxlislar 44-raqamli futbolkaga buyurtma berish imkoniga ega bo‘lishdi. Ammo Adidas bunday bo‘lmasligi kerak degan qarorga keldi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati