Qashqadaryoda noma’lum hayvon go‘shtini olib ketayotgan haydovchi ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 16:46
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida noma’lum hayvon go‘shtini olib ketayotgan haydovchi ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 30 mart kuni soat 00:50 lar chamasida Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi “Umakay” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari tomonidan aniqlangan. Termiz—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi fuqaro R.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt to‘xtatilgan.

Uning yukxonasi ko‘zdan kechirilganda iste’molga yaroqsiz bo‘lgan noma’lum hayvon go‘shtini olib ketayotgani aniqlandi. Noma’lum hayvon go‘shti tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Holat yuzasidan hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati