O‘zbekistonda uch yil ichida bolalar kambag‘alligi 7,8 foizga kamaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 15:50
Bugun Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi UNICEF bilan birgalikda O‘zbekistondagi bolalarning monetar kambag‘alligi darajasini baholadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Markaz ma’lumotida ta’kidlanishicha, tadqiqotda ijtimoiy himoya tizimining kambag‘allik darajasiga ta’siri tahlil qilindi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ijtimoiy nafaqalar bo‘lmasa, mamlakatda bolalar kambag‘alligi darajasi 1,6 baravar oshadi.

Bolalarning kambag‘allik darajasi Statistika agentligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari byudjeti o‘rganish ma’lumotlari asosida hisoblab chiqilgan.

2021 yilda o‘tkazilgan so‘rovda 10 ming xonadon ishtirok etgan bo‘lsa, 2023 yilda mamlakat bo‘ylab 16 mingdan ortiq oila o‘rganildi.

O‘zbekistonda uch yil ichida bolalar kambag‘alligi 7,8 foizga kamaydi.

Natijalarga ko‘ra, bolalar kambag‘alligi darajasi 2021 yildagi 21,5 foizdan 2023 yilda 13,7 foizgacha kamaydi.
Kambag‘allikni kamaytirish tendensiyalari shahar va qishloq joylari o‘rtasida sezilarli darajada farq qiladi. Xususan, qishloq joylarda bolalarning kambag‘allik darajasi 24,6 foizdan 14,5 foizgacha, shaharlarda esa 18 foizdan 13 foizgacha kamaydi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bolalar kambag‘alligi darajasi eng past bo‘lgan hududlar Navoiy viloyati va Toshkent shahri bo‘lsa, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa bolalar kambag‘alligining nisbatan yuqori ekanligi qayd etilgan.
Ijtimoiy himoya Milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqalarning umumiy qamrovi 10,8 mln kishini tashkil etdi.
Kam ta’minlangan oilalarni bolalar nafaqalari va moddiy yordam bilan qamrab olish – 2,1 millionta kam ta’minlangan oiladan 9 million nafar kishini va 72,5 ming benefisiar oilani tashkil etadi, umumiy to‘lovlar miqdori 12,3 trillionga teng.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati