Arsenal Subimendi bilan qiziqmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 15:44
Londonning "Arsenal" klubi "Real Sosyedad"ning yarim himoyachisi Martin Subimendini hamon jamoaga olib kelmoqchi. Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, "kanonirlar" ispaniyalik futbolchini yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Subimendi "Bavariya"ning ham radarida. Agar Alonso "qizil mashina"ni boshqarganida, Martinning transferi ehtimoli sezilarli darajada oshgan bo‘lardi, ammo ispaniyalik mutaxassis "Bayer"da qolishga qaror qildi.

Biroq, “Bavariya” hali ham Subimendi transferi uchun kurasha oladi. Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli yarim himoyachining shartnomasida tovon puli 60 million yevro qilib belgilangan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati