• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekistonning sarmoyaviy, eksport va sayyohlik salohiyati Xitoyning Sian shahrida taqdim etildi

O‘zbekistonning sarmoyaviy, eksport va sayyohlik salohiyati Xitoyning Sian shahrida taqdim etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 15:44
Xitoyning Shensi provinsiyasi Sian shahrida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va sayyohlik imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi tomonidan Shensi provinsiyasi hukumati, Xalqaro savdoni rivojlantirish qo‘mitasi, Savdo palatasi, ishlab chiqaruvchi va savdo-sanoat birlashmalari bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirda qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, logistika, turizm, oziq-ovqat sanoati, qurilish va farmasevtika sohalari vakillari qatnashdi.

Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, xorijiy investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Shensi provinsiyasi xalqaro savdoni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Szya Chjenlan o‘z nutqida, O‘zbekistondagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy imkoniyatlarni yuqori baholab, hudud tadbirkorlarini yurtimizda yangi loyihalarga sarmoya kiritishga chaqirdi.

"2023 yilda Shensi va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 485 million dollarni tashkil qildi. Sian-Toshkent (Markaziy Osiyo) ekspress poyezdining 284 marta qatnovi amalga oshirildi. Sian-Toshkent-Sian muntazam aviaqatnovi yo‘lga qo‘yilgan" dedi Szya Chjenlan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati