• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha jiddiy qadam tashlandi

Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha jiddiy qadam tashlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 15:40
Unga muvofiq, 2024 yil 1 iyundan boshlab barcha toifalardagi avtomototransport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli ta’siri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlarga mosligini nazorat qilish bo‘yicha “Ekologik transport” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Hududlar ulardagi atmosfera havosi bilan bog‘lik real ekologik holatdan kelib chiqib, ilg‘or xorijiy tajriba va innovasion texnologiyalar asosida “yashil”, “sariq” va “qizil” ranglar bilan belgilanadigan “toza”, “o‘rta” va “zararli” ekologik zonalarga ajratib boriladi.

Transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini avtomatik baholash tizimiga asosan diagnostika tekshiruvi jarayonida aniqlash va natijalari bo‘yicha qalbakilashtirishdan himoyalangan hamda elektron belgiga ega bo‘lgan ekologik stikerlar berish orqali transport vositalari “yashil”, “sariq” va “qizil” ranglar bilan belgilanadigan “toza”, “o‘rta” va “zararli” ekologik toifalarga bo‘linadi.

Ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq bo‘lmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensasiya to‘lovlari joriy etiladi yoxud ulardan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanishni cheklash yoki taqiqlash joriy etiladi. Mazkur talab:

Ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq bo‘lmagan transport vositalaridan ekologik zonalar hududida foydalanish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik choralari belgilanadi hamda jarima mablag‘lari mamlakatning ekologik holatini yaxshilashga va atrof-muhitni muhofaza qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.

2024 yil 1 iyundan boshlab respublikaning barcha hududlarida transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini aniqlash va natijalari bo‘yicha ekologik stikerlar berish mazkur xizmatlar uchun alohida to‘lov undirilmasdan transport vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarida ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish jarayonida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
Elektromobil va elektromotosikllar hamda ishlab chiqarilganiga uch yildan oshmagan boshqa turdagi transport vositalariga ularning egalari tomonidan onlayn axborot tizimlari orqali yuborilgan murojaatlar asosida real vaqt rejimida “yashil” ekologik toifasiga mansub ekologik stikerlar mazkur xizmatlar uchun alohida to‘lov undirilmasdan diagnostika tekshiruvisiz beriladi va pochta orqali yuboriladi.
Shoshilinch va tezkor xizmat transport vositalaridan hamda jamoat transportidan (taksi va yo‘nalishli taksidan tashqari) barcha ekologik zonalar hududida hech qanday cheklov va taqiqlarsiz foydalaniladi.
Ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq bo‘lmagan ayrim turdagi transport vositalaridan Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilangan tartibda ekologik kompensasiya to‘lovlarini amalga oshirish orqali tegishli ekologik zonalar hududida vaqtinchalik foydalanish mumkin.
2024 yil 1 dekabrga qadar ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq bo‘lmagan transport vositalaridan ekologik zonalar hududida foydalanish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik choralarini belgilash bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati