• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Oltiariq tumanida davlat va jamiyat manfaatlariga 12,5 mlrd so‘m zarar yetkazgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Oltiariq tumanida davlat va jamiyat manfaatlariga 12,5 mlrd so‘m zarar yetkazgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 15:30
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.Z.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari “Oltiariq” qum-shag‘al aralashmasi konidan xo‘jalikka biriktirilgan qismidan tashqari hududdan o‘zboshimchalik bilan 26 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 12,5 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shuningdek, fermer xo‘jaligining muzlatkich omborida 79 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati