Samarqandda fuqaro 9 tup daraxt kesishi ortidan 23 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 15:28
Samarqandning Kattaqo‘rg‘on tumanida fuqaro 9 tup daraxt kesilishi ortidan 23 million so‘m to‘laydigan bo‘ldi.

Viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tumanning “Polvontepa” MFY hududidan o‘tuvchi M-37 avtomagistral yo‘li yoqasidagi tarozixona atrofida o‘sib turgan 2 tup tol daraxti hech qanday ruxsatlarsiz kesilgani hamda 7 tup tol yon shoxlari kesib shikastlantirilgani aniqlangan.

Surishtiruvlar natijasida holat shu mahallada yashovchi fuqaro R.U tomonidan sodir etilgani aniqlangan, biroq u davlat inspektorlariga qo‘pol muomalada bo‘lib, qonunga bo‘ysunmagan va holat joyidan qochib ketishga uringan.

Shu bois ushbu fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 10,2 million so‘m miqdorida jarima va 12 million 750 ming so‘m miqdorida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblandi hamda har bir noqonuniy kesilgan daraxtlar o‘rniga 10 tupdan yangi ko‘chatlar ekib, uch yil davomida parvarish qilish sharti qo‘yildi.

Shuningdek, huquqbuzar harakatiga qonuniy baho berish uchun hujjatlar tuman prokuraturasiga taqdim etildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati