Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik Olimpiada chempioniga qarshi ringga chiqadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 15:16
Qozog‘istonlik jurnalist Ualixon Kosanbay hamyurti bokschi Daniyar Yeleusinov ringga qaytganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Sports.kz.“Menga kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Daniyar Yeleusinov navbatdagi jangini 27 aprel kuni Olmaotada “IBA Champions Night” doirasida o‘tkazadi. Doniyorning raqibi O‘zbekiston vakili Saidjamshid Ja’farov bo‘ladi. Jang 71 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bo‘lib o‘tadi va o‘n raundga mo‘ljallangan”, — deb yozadi Kosanbay Facebookdagi sahifasida.Yeleusinov Rio-2016 Olimpiadasi chempioni bo‘lib, o‘shanda final jangida o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosovni hakamlarning bahsli qarori bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi. Eslatib o‘tamiz, Daniyar Yeleusinov 2021 yilning dekabr oyida argentinalik Xuan Ernan Lealni mag‘lub etganidan buyon jang o‘tkazmagan.O‘zbekistonlik Saijamshid Ja’farov havaskorlar toifasida ishtirok etadi. U o‘tgan yili Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari bokschi ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati