Toshkent viloyatida 1,5 ming tup mevali daraxt ko‘chatlari ekildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 15:12
Ayni paytda O‘zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahorgi daraxt ekish mavsumi davom etmoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahorgi daraxt ekish mavsumi davom etmoqda.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Bosh prokuratura bilan hamkorlikda Zangiota tumanidagi “Quyoshli” mahallasida 1,2 gektar maydonda 1,5 ming tup mevali daraxtlar, shu jumladan, olma, shaftoli va gilos ko‘chatlari ekildi.

Tadbirda Ekologiya vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, Bosh prokuror o‘rinbosari Sherzod To‘xtaboyev, Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura va Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

E’tiborlisi, ekilgan daraxtlar uchun tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatilgan.

Ma’lumot uchun, “Yashil Makon” loyihasi doirasida 1 ming 200 gektardan ortiq ko‘kalamzorlashtirish bog‘lari va istirohat bog‘lari, 1 million gektardan ortiq yashil maydonlar va yo‘laklar barpo etildi. Joriy bahor mavsumida 125 million tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati