EOII davlatlarida 2018-2022 yillarda maoshlar kamida 30%ga oshdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 15:06
EOII davlatlarida 2018-2022 yillar davomida aholi nomnal oylik daromadi miqdori 30%dan 50%gacha oshdi. Bu Yevroosiyo iqtisodiy kengashi (EIK) tomonidan e’lon qilingan statistik to‘plamdan ma’lum bo‘ldi.

Rossiyada nominal maoshlar 2018 yilda 699 dollardan 2022 yilda 969 dollargacha oshgan. Bu 38,6 % o‘sishni anglatadi.

Qozog‘istonda maoshlar ushbu davr ichida 472 dollardan 673 dollargacha oshgan. Bu 42,6 % o‘sishni anglatadi.

Belarusda maoshlar 476 dollardan 623 dollargacha oshgan. Bu 30,9 % o‘sishni anglatadi.

Armanistonda 358 dollardan 541 dollargacha oshib, o‘sish — 51,1 %ni tashkil qilgan.

Qirg‘izistonda maoshlar 239 dollardan 316 dollarga oshib, o‘sish 32,2%ni tashkil qildi.
Shu bilan birga yuqoridagi mamlakatlarda qashshoqlik darajasi kamayishi ham qayd etilgan. Xususan, Armanistonda 1,7 punktga, Belorussiyada – 0,2, Qirg‘izistonda — 0,1, Rossiyada – 1,2, punktga kamaygan. Qozog‘istonda ushbu ko‘rsatgich o‘zgarishsiz qoldi.
Uy xo‘jaliklari xarajatlari tarkibida eng katta ulush oziq-ovqat mahsulotlariga to‘g‘ri keldi: Rossiyada 32,9% , Qozog‘istonda 51,2%.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati