Kuniga bir kilometr piyoda yurish salomatlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 31
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 15:00
Piyoda yurish — jismoniy mashqlar orasidagi eng oson va qulay turi. Yurish salomatlik uchun foydali bo‘libgina qolmay, insonning ruhiy holatiga ham ijobiy ta’sir etadi.

Xo‘sh, piyoda yurishning nafi haqida mutaxassislar qanday tibbiy tavsiyalar beradi?

— Odam o‘zini yaxshi his qilishi va tashqi ko‘rinishining ko‘rkam bo‘lishida piyoda yurishning ahamiyati katta, — deydi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti bo‘lim boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova. — Sababi yayov yurganda insonning barcha muskullari harakatga kelib, tanada moddalar almashinuvi yaxshilanadi.

???? Ayniqsa, erta tongda piyoda yurish salomatlik uchun juda foydali. Chunki bu vaqtda havo toza bo‘ladi, kishi kechasi uxlab, dam olgani sababidan charchamasdan 30-40 daqiqa bemalol yayov kezishi mumkin.

???? Qolaversa, kechki payt ishdan chiqqach, imkon bo‘lsa, yo‘lning bir qismini piyoda bosib o‘tish, ruhiyatga tetiklik baxsh etib, kishini tinchlantiradi va charchoqni oladi.

???? Shuningdek:
???? Umr davomiyligini uzaytiradi. Ko‘p yillik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, har kuni bir yoki undan ortiq kilometr masofani piyoda bosib o‘tishga odatlanganlar bunday mashg‘ulotni xush ko‘rmaydiganlarga nisbatan 7 yilgacha ko‘proq umr ko‘rar ekan. Shuningdek, muntazam piyoda yurish yoshlikni uzaytiradi.
❇️ Moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Yuqori qon bosimi, qand miqdorining balandligi, ortiqcha vazn, asabiylik, turli kasalliklarga tez chalinuvchanlik, bosh og‘rig‘i, tez charchash... Bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin va bularning barchasiga muntazam piyoda berish orqali yaxshigina zarba berish mumkin.
????Mablag‘ni tejaydi. Bugun yurtimizda sport zallari va fitnes klublari ko‘p. Ammo ularga qatnash uchun mablag‘ kerak. Bundan tashqari, velotrenajyor sotib olib, uyda shug‘ullanish uchun ham pul zarur. Shunchaki piyoda yurish esa yo‘l-yo‘lakay ishlarni bitirish bilan birga, sizni ana shunday xarajatlar, eng muhimi, qimmat tibbiy muolajalardan xalos etadi.
???? Uyquni yaxshilaydi, stressdan himoyalaydi. Asrimizning quloch yozayotgan muammolari qatorida stress va uyqu buzilishi alohida o‘rin tutadi. Ularning har ikkisi bir-biriga chambarchas bog‘liq. Muntazam piyoda yurish aqliy tetiklik bilan birga, jismoniy charchoqqa olib keladi. Bu esa o‘z navbatida asabni tinchlantirib, tiniqib uxlashga yordam beradi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati