Shahrisabzda afsonaviy sambochi To‘ra Avloqulov otib o‘ldirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-04-2024, 14:28
Shahrisabz shahar, “Qo‘shxona” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Shomurodov Umid 29.03.2024 yil soat 15:00 larda Shahrisabz shahrida boshqaruvidagi “Damas” rusumli 70 G 361 KAdavlat raqam belgili avtomashinasida ketayotganida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Shukurov Ravshan Oqqo‘ziyevichni ko‘rib qolib, birgalikda Shahrisabz shahridagi “Lola” kafesida spirtli ichimlik iste’mol qilishib, taxminan bir soatlardan keyin ushbu kafedan chiqib, birgalikda Shahrisabz shahar, “Sinabog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga borganida u yerda tanishi Avloqulov To‘rani ko‘rib qolib, uni ham avtomashinaga mindirib, uchchalasi spirtli ichimlik istemol qilish maqsadida soat 19:30larda Shahrisabz tumani, “Oqdaryo” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Safarov Ubaydulla” MCHJga qarashli oshxonaga borib, birgalikda ovqatlanib, ovqatlanish davomida 1 dona 0,5 litr hajmli “Shahrisabz” nomli aroqni iste’mol qilishib, ovqatlanish davomida U.Shomurodov T.Avloqulovga unga kelayotgan vaqtda 50 ming so‘m berganligini, shu bois ovqatlanish xarajatini to‘liq to‘lashini aytganida, T.Avloqulov hamma pulni to‘lamasligini aytib, U.Shomurodovning 50 ming so‘m pulini qaytarib berganida U.Shomurodov pulni olmasdan unga “Pulni cho‘ntagingga solib qo‘y” deb aytib, jahl ustida o‘rnidan turib, T.Avlaqulovni o‘ldirish maqsadida ko‘chada turgan avtomashinasidan temir quvurdan qo‘lbola usulda yasalgan qurolni olib, kelib, u bilan janjalni davom ettirib, yonida bo‘lgan temir quvurdan qo‘lbola usulda yasalgan qurolni chiqarib, ushbu qurolni o‘tirgan holda T.Avloqulovning boshiga qismiga qaratgan holda bir marta o‘q uzgan va hodisa joyidan ketib qolgan.

Natijada, T.Avloqulov olgan tan jarohatlari natijasida Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

U.Shomurodov hodisa joyidan qochmoqchi bo‘lib, avtomashinasi bilan ketayotganida hodisa joyidan taxminan 500 metr uzoqlikda tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasining 29.03.2024 yildagi ma’lumotnomasida T.Avloqulovning tanasida og‘ir ochiq teshib o‘tuvchi bosh miya jarohati, bosh miya ichidagi metall va suyak parchalari, chap peshona suyagining parchalanib singan jarohati, chap qosh ustida ezilib yirtilgan ko‘rinishida tan jarohatlari borligi, ahvoli o‘ta og‘ir darajada ekanligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan 30.03.2024 yilda U.Shomurodovga nisbatan JKning 25,97-moddasi 2-qismi “d,l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati